English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Devis kubogi”: Birinchi kun omadsiz o‘tdi
22:42 / 2024-02-02

Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida tennis bo‘yicha "Devis kubogi"ning I Jahon guruhi uchun saralash doirasida O‘zbekiston - Polsha terma jamoalari o‘zaro raqobatlashmoqda.

Bugungi kun yakkalik bahslarida Sergey Fomin dunyoning sakkizinchi raketkasi Hubert Hurkachga 2:6, 1:6 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, Humoyun Sultonov Maks Kasnikovskiga qarshi kortga chiqib, 3:6, 1:6 hisobida yengildi.

Shu tariqa, ilk to‘qnashuvdan so‘ng O‘zbekiston va Polsha o‘rtasidagi hisob 0:2 ko‘rinishini oldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA