Devid Paton: 2020 yil ta’lim sohasidagi hamkorligimiz yanada rivojlanadi
Devid Paton, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi prezidenti:
Devid Paton, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi prezidenti:
Prezidentingiz 2020 yilni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili“ deb e’lon qilgani meni juda quvontirdi.
O‘ylaymanki, bizni ta’lim sohasidagi hamkorlikda katta muvaffaqiyatlar kutmoqda. Bugun O‘zbekiston va Amerika oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik olib borish istagi juda yuqoriligini kuzatmoqdamiz.
Bizning tashkilotimiz O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yil davomida O‘zbekistonda to‘qqizta turli dasturlarni ishga tushirdi. Ular mamlakatlarimiz o‘rtasida ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.