“Deutsche Welle” axborot saytiga nisbatan cheklov joriy etildi
Belarusda “Deutsche Welle” nemis axborot saytiga nisbatan cheklov joriy qilindi, deyiladi “Beltelekom” davlat korxonasi internet-provayderi ma’lumotida.
Mazkur axborot resursiga Belarus respublikasi axborot vazirligi tomonidan “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq cheklov qo‘yildi, deb ta’kidlangan ma’lumotda.
Ayni paytda mobil operatorlar “Deutsche Welle” saytiga kirish imkoniga cheklov qo‘ymagan.
Aytish joizki, “Deutsche Welle”ning belarus tilida axborot tarqatuvchi telegram kanali sayt Belarusda cheklovga olinganini e’lon qilgan.