Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Detoks: foyda yoki zarar?! (+video)
21:36 / 2023-06-19

Biz yaxshi yeyishga odatlangan bo‘lsak ham, ko‘pincha iste’mol qilayotgan mahsulotlarimiz organizmimizga qanchalik foydali ekanini o‘ylab ham ko‘rmaymiz. O‘ta yog‘li taomlar, xamir ovqatlar, fast-fudlar, gazli ichimliklar va boshqa koni zarar bo‘lgan yarim tayyor mahsulotlar oshqozon ichak tizimini ishdan chiqaradi. Bu esa surunkali kasalliklarga olib keladi.

So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Detoks” tushunchasi ancha ommalashib kelmoqda Detoks - bu organizmni toksinlar va shlaklardan (zararli va foydasiz moddalar) tozalashga qaratilgan mexanizm bo‘lib, organizmda tabiiy immunitet tiklanishida, vazn yo‘qotish, yosharish va ichki mikroflorani yaxshilashda o‘z samarasini beradi.  

Detoks tozalov dasturining asosiy vazifalari:  

- ichak faoliyati ishini me’yorlashtiradi;  

- immunitetni mustahkamlaydi;  

- moddalar almashinuvini normallashtiradi;  

- xolesterin parchalanishiga yordam beradi;  

- ortiqcha yog‘ qatlamlarini paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi;  

- shishni bartaraf qiladi;  

- hujayralar regeneratsiyasini rag‘batlantiradi;  

- organizmdan toksinlarni chiqarishga faol yordam beradi. 

Bu haqida batafsil ma’lumot olish uchun mutaxassisga yuzlanamiz.  

Batafsil:

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/R09dL8AwxHw" title="Detoks: foyda yoki zarar?!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA