Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatni kaltaklaganlar jazosiz qoladimi?
12:10 / 2021-05-25

Joriy yilning 14 aprel kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Kengashiga Xalq demokratik partiyasidan deputat O‘ktam Jabborov bir guruh shaxslar tomonidan kaltaklangan edi.

Holat yuzasidan Boysun tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan jinoyat ishi ochilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Surishtiruv ishlari boshlanganiga bir yarim oydan oshgan bo‘lsa-da, hamon muayyan bir xulosaga kelinmagani, tergov harakatlari cho‘zib yuborilgani jabrlanuvchi, uning yaqinlarining noroziligiga, partiyadoshlarining xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligidan mazkur jinoyat ishi tergovini nazoratga olishni, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini yana bir marta so‘raydi.

«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, har bir deputatga o‘z vakolatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolatlanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinishi, deputatning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘lishi belgilangan.

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi

Markaziy Kengashi