French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlik nazorati samarali natijalarga asos bo‘ladi
10:57 / 2025-03-18

Joylardagi turli muammolarni o‘rganib, hal etish, fuqarolar dardiga quloq tutish, mansabdor shaxslarning o‘z faoliyatini samarali olib borishiga hissa qo‘shish xalq vakillarining muhim vazifalaridandir. Bunda ular o‘zlariga berilgan vakolat va imkoniyatlar doirasida jamoatchilik va deputatlik nazorati institutlaridan samarali foydalanishlari lozim. Shundagina hududlarda muayyan natijalarga erishish mumkin.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashida deputatlarning faoliyati, ularga berilgan vakolatlar, burch hamda vazifalari, qonuniy huquqlaridan to‘laqonli foydalanishi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan o‘quvda partiya Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisova bugungi kunda deputatlar oldida turgan ustuvor vazifalar, g‘oya va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarishda partiya guruhlarining rolini oshirish masalasiga to‘xtaldi. Xususan, murojaatlar bilan ishlash, deputatlik nazoratining eng muhim shakli bo‘lgan deputat so‘rovi institutidan faol foydalanish zarurligi ta’kidlandi.

Seminarda xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartiblari haqida ham batafsil ma’lumotlar va yo‘nalishlar berildi.

Videokonferensaloqa shaklida ishtirok etgan xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi deputatlar ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, har bir so‘rovda partiyaviy manfaatlar aks etishi va bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda deputatlik so‘rovidan to‘laqonli foydalanish zarurligini qayd etdi.

Tadbir davomida bildirilgan takliflar deputatlarning faoliyatini yanada jonlantirish, hududlardagi muammolar yechimida ularning tashabbuskorligini oshirish va mansabdor shaxslarning xalq vakillari oldidagi mas’uliyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

M.Komilova, O‘zA