Andijon tumanida “Yoshlarga yer ajratishda adolatni ta’minlash borasida jamoatchilik nazoratini у́рнатиш zarur” mavzusida seminar o‘tkazildi.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi tashabbusi bilan tumandagi “Qurama” fermer xo‘jalagida tashkil etilgan seminarda sektor rahbarlari, xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, partiya va mahalla faollari, uyushmagan yoshlar vakillari ishtirok etdi.
Seminarda mamlakatimizda yoshlar, xususan, uyushmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini, ularning o‘z daromad manbaiga ega bo‘lishlarini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.
– Bugun seminar yoshlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ijobiy yechimini topish, xususan, ularni tadbirkorlikka jalb etish borasidagi ishlar samaradorligini oshishiga yordam berdi, – deydi xalq deputatlari Andijon tuman kengashi deputati N.Malikov. – Ishsizlik muammosi o‘ta dolzarb bo‘lgan bugungi kunda davlatimiz rahbari topshirig‘i bilan ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratib berilayotganligi mazkur muammoni ijobiy hal etilishiga xizmat qilmoqda.
Maqsadimiz mazkur jarayon joylarda adolatli o‘tkazilishiga ko‘maklashishdan iborat.
Seminarda ana shu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish, bu borada jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida tumandagi 26 nafar yoshga fermer xo‘jaligi maydonidan dehqonchilik qilish uchun 10 sotixdan yer maydoni ajratib berildi.
F. Ubaydullayev, O‘zA