Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar yoshlar va tadbirkor xotin-qizlar bilan uchrashdi
10:29 / 2026-02-02

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyati Kengashi tashabbusi bilan yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirish, ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga faol jalb etish hamda deputatlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida Navoiy yuridik texnikumida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

O‘zLiDeP Yoshlar qanotining “Kreativ tadbirkor yoshlar” loyihasi doirasida tashkil etilgan mazkur uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aziza Aminova mamlakatimizda yoshlar va xotin-qizlarga oid davlat siyosati, ta’lim tizimini rivojlantirish, yoshlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslari, kreativ startap loyihalar va IT sohasini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.

Uchrashuv jarayonida deputatlar tomonidan yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi. Xususan, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar, sud-huquq sohasidagi islohotlar, amaliyot va ishga joylashish masalalari, shuningdek, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

O‘zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida esa Me’morlar mahallasida faoliyat yurituvchi hunarmand tadbirkor xotin-qizlar tomonidan qo‘l mehnati asosida tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Unda hamkor tashkilotlar hamda deputatlardan iborat hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo‘lida faol ishtirok etib kelayotgan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida oilaviy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, xotin-qizlar tadbirkorligining ilg‘or tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, tadbirkorlikka oid kasbiy mahorat va bilimlarni oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. 

Shu bilan birga, partiya Dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan xotin-qizlarga partiyaning esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari topshirildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA