Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar yanada mas’uliyatli bo‘lishi darkor
19:31 / 2025-07-10

Mamlakatimizda mahalliy vakillik organlari faoliyatini ta’sirchan va samarali tashkil etish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu borada “Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini ro‘yobga chiqarish maqsadida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmon mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilish, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Darvoqe, farmon bilan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qancha muhim vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda. Mahalliy Kengashlarning byudjet mablag‘lari sarflanishi ustidan Kengash nazoratini amalga oshirishi shular jumlasidandir. Unda mahalliy byudjetni tasdiqlash hamda uning ijrosi yuzasidan mutasaddi rahbarning hisobotini sessiya majlislarida eshitish vaqtida Hisob palatasi mas’ul vakilining ishtirok etishi belgilangan. Bu orqali esa Hisob palatasi mas’ul vakilining fikr va xulosalari asosida byudjet mablag‘larining sarflanishi bilan bog‘liq holatlarning deputatlar uchun yanada tushunarli bo‘lishiga erishiladi.

Bundan tashqari, Kengash tomonidan tasdiqlangan byudjetni hamda uning ijrosi bo‘yicha hisobotlarni sessiya muhokamasidan so‘ng “E-Kengash” platformasi orqali e’lon qilib borish amaliyoti joriy etilmoqda. Bu esa deputatlarning o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatining oshishiga, deputatlik vazifalarining ochiq va shaffof bajarilishiga olib keladi. Masalan, mahalliy Kengash deputati o‘z hududidagi mavjud holatlarni aniqlashi, aholi muammolarini o‘rganib borishi orqali o‘zining byudjet mablag‘lari hisobidan sarf qilinishi mumkin bo‘lgan takliflarini ishlab chiqadi hamda ularning mahalliy Kengash sessiyalarida muhokama qilinib, navbatdagi yilning byudjet parametrlariga kiritilishini ta’minlaydi.

Farmonda shuningdek, hududga doir dolzarb masalalarni hal etishda mahalliy Kengashlar va Senat hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, Konsepsiyada aholi va hudud manfaatlariga oid masalalar bo‘yicha mahalliy Kengash va Senatning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator vazifalar belgilab berildi. Xususan, hududdagi muammolarni hal etish bo‘yicha “mahalla yettiligi” – tuman (shahar) Kengashi – viloyat Kengashi – Senat” - 4 bosqichli tizimni yo‘lga qo‘yish belgilandi. Unga ko‘ra, hududni rivojlantirish dasturlaridagi bajarilmayotgan masalalar hamda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar “mahalla yettiligi” bilan aniqlanib, tuman (shahar), viloyat va respublika darajasida hal etish chorasi ko‘riladi. Bu kabi ijobiy yangiliklar hudud manfaatlariga oid muhim masalalarni va aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlarning Senat bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga, hududiy muammolarni Senat orqali Hukumat darajasiga olib chiqib, ijobiy hal etish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur hujjatga muvofiq, jamoaviy murojaatlarni mahalliy Kengashlar tomonidan ko‘rib chiqish tartib-taomillari, murojaatning mazmuni jamiyat va davlat manfaatlariga zid kelmasligi hamda hududning umumiy manfaatlarini ifoda etishi kabi talablarga mos bo‘lishi kerakligi ham belgilab beriladi. Jamoaviy murojaat qilish tizimining yaratilishi xalqimizning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish bilan bir qatorda, mahalliy Kengash deputatlarining ham o‘z saylovchilari oldidagi mas’uliyatini oshiradi.

Bu esa deputatni o‘z hududidagi saylovchilari bilan doimiy ish olib borishga, hududdagi dolzarb masalalarga o‘z vaqtida tezkorlik bilan munosabat bildirishga va har bir masalaga keng va atroflicha yondashuv qilishga undaydi. Hozirgi kunda mahalliy Kengashlarning hududlar manfaatlarini himoya qilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etib kelayotganligi deputatlarning mas’uliyatini oshirib, har bir sohada bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishini talab qilmoqda.

Barcha sohani mukammal bilish mushkul bo‘lgani bois Konsepsiyada xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini o‘rgangan holda hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida Kengashlar huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish belgilanmoqda. Bunda har bir mahalliy Kengash huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish hamda ularning tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari orasidan yuqori bilim, ulkan hayotiy tajribaga ega bo‘lgan shaxslarni jalb qilish talab etiladi.

Darhaqiqat, mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada kuchaytirish maqsadida qabul qilingan ushbu farmon bilan deputatlar uchun kelgusi yillarda bir qator imtiyozlar va ular faoliyatiga aloqador vakolatlar berilishi nazarda tutilmoqda. Deputatlik faoliyati kafolatlarini kengaytirish maqsadida xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik hujjatlari va amaliyotga bir qator o‘zgarishlarni kiritish maqsad qilib olindi. Bu orqali deputatlarga deputatlik faoliyatini yanada erkinroq amalga oshirish bilan bir qatorda, o‘zining doimiy ish joyini hamda oladigan daromadini to‘liq saqlab qolish imkoniyati yaratiladi. 

Shuningdek, deputat faoliyati kafolatlarini yanada kuchaytirish maqsadida uning tegishli hududda joylashgan, moneliksiz kirishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar doirasini va ularga kirish tartibini aniq belgilash nazarda tutilmoqda. Bu kabi imkoniyatlar xalq vakillariga tegishli hududda samarali deputatlik nazoratini amalga oshirish imkoniyatini yanada kengaytirishi shubhasiz. Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mahalliy Kengashlarga ko‘plab vakolatlar berilmoqda. 

Endilikda mahalliy Kengashlar nafaqat mamlakat ichidagi, balki xorijiy mamlakatlar hududiy vakillik organlarining ish tajribalarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Albatta, hozirgi kunda ushbu masalada bir qancha davlatlarning hududiy vakillik organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, endi o‘zaro hamkorlik doirasida bir nechta hududga taalluqli bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, favqulodda va texnogen holatlar, iqlim o‘zgarishi va ekologik masalalarni umumiy yondashuv asosida hal etish bo‘yicha birgalikda o‘rganishlar olib boriladi va natijasi Kengashlarning qo‘shma majlislarida muhokama qilinadi. Shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan hududlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish maqsadida o‘zaro manfaatli shart-sharoitlarni vakolat doirasida belgilash ham nazarda tutilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish, uning boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan axborot almashish imkoniyatini ta’minlash, jamoatchilik, ayniqsa, bugungi kun saylovchilari talablariga javob bera olish uchun raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga alohida ahamiyat berish lozim. Ushbu farmon va u bilan tasdiqlangan Konsepsiyada mahalliy Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish yo‘nalishida keng ko‘lamli ishlar nazarda tutilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu farmonda, shuningdek, hududga doir dolzarb masalalarni hal etishda mahalliy Kengashlar va Senat hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Ya’ni, Konsepsiyada aholi va hudud manfaatlariga oid masalalar bo‘yicha mahalliy Kengash va Senatning o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qancha vazifalar belgilab berildi.

Barcha sohani mukammal bilish mushkul bo‘lgani bois Konsepsiyada xorijiy davlatlarning ijobiy tajribalarini o‘rgangan holda hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatiga ko‘maklashish maqsadida Kengashlar huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish belgilanmoqda. Bunda har bir mahalliy Kengash huzurida ekspert guruhlarini tashkil etish hamda ularning tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda ilmiy doiralar vakillari orasidan yuqori bilim, ulkan hayotiy tajribaga ega bo‘lgan shaxslarni jalb qilish talab etiladi.

Barchamizga ma’lumki, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida mahalliy Kengashlarga ko‘plab vakolatlar berilmoqda. Misol uchun, birgina 2024 yilda qabul qilingan PF-28-son Farmon bilan 33 ta funksiya va vakolatlar mahalliy Kengashlarga o‘tkazildi. Bugungi farmon bilan ham 5 ta yangi vakolat mahalliy Kengashlarga berilmoqda. Bu holatlar mahalliy Kengash deputatlariga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. Bu esa deputatlardan yanada mas’uliyatli, yanada vatanparvar, xalqparvar bo‘lishni talab etadi. 

Sayat Gichgeldiyeva,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati, O‘z XDP fraksiyasi a’zosi.

O‘zA