English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar va sektor rahbarlari terimchilar bilan uchrashdi
13:39 / 2022-10-01

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari hamda sektor rahbarlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi tajribali dehqon Shavkat Yaxshimuratov rahbarlik qilayotgan “Yusufxo‘ja” fermer xo‘jaligida fidoyi va ilg‘or terimchilarni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yo‘ldashev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Zumrad Bekatova hamda Ruslan Jumamuratov fermer xo‘jaligida paxta tayyorlash rejasini ortig‘i bilan bajarganini aytib, ularni ushbu muvaffaqiyati bilan samimiy tabrikladi.

Ta’kidlanganidek, “Yusufxo‘ja” fermer xo‘jaligining 80 gektar maydoniga chigit ekilgan bo‘lib, agrotexnik tadbirlar vaqtida bajarilgani bois dalalarda mo‘l hosil to‘plandi. Natijada, fermer klaster korxonasiga rejadagi 140 tonna paxta o‘rniga 262 tonna paxta xom ashyosini topshirdi. Fermerning ma’lum qilishicha, hali xo‘jalik paxta dalalaridan yana 100 tonna paxta terib olish mumkin.

Tadbirda sektor rahbarlari ham so‘zga chiqib, terimchilarga yurtimiz iqtisodiyotiga, aholi farovonligiga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorlik bildirdi. Fermer xo‘jaligi dalalarida o‘zining bor kuch-g‘ayratini ayamasdan mehnat qilayotgan 150 nafar terimchiga mustahkam sog‘lik tiladi.

Uchrashuv davomida ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA