English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar saylovchilar huzurida
12:20 / 2026-02-28

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari E.Aslonova va M.Barotovalar Buxoro shahrida amaliy uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, mavjud biznesni kengaytirish, yangi loyihalarni ishga tushirish va investitsiya jalb etish, shuningdek, eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan moliyaviy yordam dasturlari, imtiyozlar va amaliy mexanizmlar haqida ma’lumotlar berildi. Davlat tomonidan taqdim etilayotgan kreditlar, subsidiyalar, grantlar hamda kafolatlash xizmatlaridan samarali foydalanish tartibi tushuntirildi.

Deputatlar “Lattico” brendli zamonaviy agroklaster, Kogon tumanidagi yirik investitsion loyiha – Buxoro sanoatni rivojlantirish kompleksi maxsus sanoat parki faoliyati bilan ham tanishdi.

Deputatlar Buxoro tumanidagi Yoshlar markazida hudud yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 

Zarif Komilov, O‘zA