Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar saylovchilar bilan uchrashmoqda
15:11 / 2020-12-18

Farg‘ona viloyatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan deputatlar o‘z saylov okruglaridagi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova Buvayda tumanidagi Beklar, Ing‘irchoq, Jiydali, Maslahat, Dodxoh, Qora Qum, Chumbog‘ich, Oltin qo‘rg‘on, Poshshopirm, Bachqir, Hasan-Qo‘rg‘oncha, Ponsod mahalla fuqarolar yig‘inlarida bo‘lib, tuman aholisi bilan ochiq-oydin muloqot qildi.

– Fuqarolar bilan muloqotlarda gaz ballonlarining yetishmasligi va o‘z vaqtida olib kelinmasligi, elektr energiyasidagi uzilishlarning oldini olish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarga kredit olishlariga ko‘maklashish, ayollarni ish bilan ta’minlash, ko‘chalarga asfalt yotkizish kabi bir qator muammolar bilan murojaat qildilar.

Bundan tashqari, bemorlar va ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolardan turli masalalarda murojaatlar bo‘ldi. Ularga mutasaddi tashkilot va homiylar ko‘magida yechim topish choralari ko‘rilmoqda, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavludaxon Ibragimova. –Odamlarning dardini tinglash, ularning talabi va manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish olib borish asosiy vazifamizdir.

Shu kuni deputat tuman hokimligi vakillari bilan birgalikda nogironligi bor va ehtiyojmand oilalar xolidan xabar oldi.

 

Sh.TO‘XTAMATOV,

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi matbuot kotibi