Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar o‘rganishlar olib bordi
17:20 / 2025-04-18

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlari Taxir Palvanov, Ra’no Astanqulova va Adhambek Ismoilov tomonidan Buxoro viloyatida “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahrirdagi ijrosi yuzasidan joylarda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, 4-oilaviy poliklinika hamda zamonaviy tibbiy buyumlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan faoliyat tahlil qilindi. Har bir manzilda qonun talablariga rioya etilish darajasi, amaldagi tizimning holati va mavjud muammolar o‘rganildi.

– Qonunning 13-moddasida belgilanganidek, dori vositalari xavfsiz, sifatli va samarali bo‘lishi lozim, – deydi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Buxoro viloyati Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati Maqsud Hamidov. – O‘zbekiston – Koreya qo‘shma korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalar, mahsulotlar sifati va eksport salohiyati deputatlar tomonidan ko‘zdan kechirildi. Dori vositalarining chakana va ulgurji savdosi, ularning muomalaga chiqarilishi va aholiga ochiqligi tahlil qilindi. 4-oilaviy poliklinikada dori vositalari saqlanishi, narx siyosati va aholiga ko‘rsatilayotgan maslahat xizmati sifati o‘rganildi. Ko‘zda tutilgan farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash, ruxsatnomalar berish tartibi hamda nazorat mexanizmlarining amalda qanday ishlayotgani Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialida aniqlashtirildi. 

Mazkur muassasada mutaxassislar bilan muloqotlar o‘tkazilib, litsenziya shartlariga rioya etilish holati tahlil qilindi. Deputatlar tegishli idoralar tomonidan olib borilayotgan nazorat ishlari, monitoring tizimining samaradorligi va ochiqligini ko‘rib chiqdi.

Shuningdek, deputatlar joylardagi ijtimoiy holat, aholining ehtiyojlari va murojaatlari asosida bir qator taklif va mulohazalarni bildirdi. Farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirishda partiyaviy faollik va deputatlik nazorati muhimligi ta’kidlandi.

O‘rganishlar yakunida mavjud holatlar yuzasidan aniq xulosalar chiqarilib, amaliy takliflar ishlab chiqildi. Bu takliflar joylardagi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va farmatsevtika faoliyatining qonunchilik asosida yanada takomillashuviga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.