French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar “Oʻzagrotexsanoatxolding” faoliyati bilan tanishdi
17:35 / 2019-01-24

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Oʻzagrotexsanoatxolding“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, taʼmirlash sifatini tubdan takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari “Oʻzagrotexsanoatxolding“ aksiyadorlik jamiyati tizimidagi korxonalarning ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, taʼmirlash sifatini tubdan takomillashtirish yoʻnalishlari boʻyicha olib borilayotgan ishlari bilan tanishdi.

9-faqat saytga.jpg

“Oʻzagrotexsanoatxolding“ AJ tizimida Toshkent va Chirchiq qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi, “Agregat zavodi”, “Texnolog”, “Urganchkormash” aksiyadorlik jamiyatlari, “UzCLAASAgro”, “Lemken – Chirchiq”, “OʻzKeysmash”, “Amkodor Agrotexmash” kabi qoʻshma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻtgan yil mobaynida jamiyat tizimidagi korxonalarda jami 11 ming 570 dona qishloq xoʻjaligi texnikasi ishlab chiqarildi. Jumladan, 3 ming 817 traktor, 477 dona tirkama, 3 ming 327 ta ishlov berish texnikasi, 672 ta paxta seyalkasi, 335 gʻalla seyalkasi, 668 paxta va gʻalla oʻrish kombayni, 1 ming 135 paxta kultivatorlari ichki va tashqi bozorlardagi isteʼmolchilarga yetkazib berildi.

Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodida ayni paytda 7 turdagi traktor, 2 turdagi paxta terish mashinasi, shuningdek, yuk tashishga ixtisoslashgan tirkamalar ishlab chiqarilmoqda. Zavod oʻtgan yil mobaynida 900 milliard soʻmlikdan ziyod qishloq xoʻjaligi texnikalarini mamlakatimiz dehqon va fermer xoʻjaliklariga yetkazib berdi. Shuningdek, korxona faoliyati Germaniya, Italiya, Turkiya, Janubiy Koreya singari davlatlarda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiyalar hisobiga boyidi.

16.jpg

Korxona konveyerlaridan chiqayotgan “TTZ 100 HC”, “TTZ 811”, “Belarus”, “NEW HOLLAND” rusumli traktorlar, paxta terish mashinalari va qator tirkamalar “Made in Uzbekistan” tamgʻasi bilan xorijga ham eksport qilinmoqda. Joriy yilning 20 yanvar holatiga koʻra, umumiy qiymati 10,64 million AQSH dollariga teng qishloq xoʻjaligi texnikasi qoʻshni mamlakatlarga eksport qilindi. 2019 yilning yanvar-mart oylari davomida 5 million AQSH dollariga teng qishloq xoʻjaligi texnikalarini Turkmanistonga yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

– Mamlakatning iqtisodiy qudrati uning sanoati qay darajada rivojlanganiga bogʻliq, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi raisi Azamat Pardayev. – “Oʻzagrotexsanoatxolding“ faoliyati bilan tanishar ekanmiz, tizimdagi zavod va korxonalarda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalari nafaqat yurtimiz ehtiyojini qoplashga, balki eksport salohiyatini yuksaltirishga ham xizmat qilayotganiga amin boʻldik. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar mazmun-mohiyatini ishchilarga tushuntirdik, ularning amaldagi ijrosi qay darajada taʼminlanayotganini koʻrdik.

2019-2021 yillarda “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va kreditlar hisobidan moliyalashtiriladigan qiymati 73 million AQSH dollariga teng 5 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ham rejalashtirilgan. Buning natijasi oʻlaroq, ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi texnikalarini mahalliylashtirish darajasi 60 foizgacha yetkaziladi, mahsulotlarning jahon bozorida raqobatbardoshligiga erishiladi. Natijada 600 dan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi.

Parlament aʼzolari eʼtiboriga “UzCLAASAgro” MCHJ Oʻzbekiston – Germaniya qoʻshma korxonasi ish faoliyati, qishloq xoʻjaligi texnikalari ekspluatatsiyasi va ularga servis xizmati koʻrsatish, ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy texnika va texnologiyalardan unumli foydalanish boʻyicha taqdimot havola qilindi.

20.jpg

24.jpg

28.jpg

31.jpg

35.jpg

39.jpg

46.jpg

65.jpg