Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar mahalla raislari saylovini o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiya tarkibini tasdiqladi
16:13 / 2022-03-28

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasida deputatlar, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarmalari, tashkilotlari va muassasalari rahbarlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, viloyat hokimi Botir Zaripov boshqardi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 16 martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarori bilan joriy yilning may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari)ning navbatdagi saylovini o‘tkazish to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi.  

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda davlat va jamiyat hayotida mahallaning o‘rni va nufuzi oshib borayotgan bir paytda eng munosib kishilar mahalla raisligiga saylanishi maqsadga muvofiq. Fuqarolarning saylovda ishtirok etishga oid konstitutsiyaviy huquqlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish, saylov jarayoniga yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish, saylov ishtirokchilari qonun talablariga, shu jumladan, oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi tamoyillariga so‘zsiz rioya etishlarini ta’minlash bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishdagi eng muhim vazifalar hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, viloyatda mavjud 544 ta mahalla fuqarolar yig‘inida saylovni yuksak saviyada tashkil etish, bunda deputatlar ham faol ishtirok etishi zarurligi qayd etildi. 

Sessiyada viloyatda 2022 yil may oyida fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi komissiyasi tarkibi, amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi, fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat komissiyasining tarkibi tasdiqlandi.  

Sessiyada ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilindi. 

[gallery-6331]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA