Yurtboshimiz tomondan o‘tkazilgan yig‘ilishlarda makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, investitsiya va eksport hajmini oshirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy-joy va kommunal, qurilish, transport, ekologiya hamda ijtimoiy sohalarda 2024-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy ustuvor vazifalar va yo‘nalishlar belgilab berildi.
Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali bajarilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini olib borish, shuningdek, bu borada vakillik organlarining faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruhlar tuzilgan. Ular joylarga chiqib, o‘rganishlar olib borishmoqda.


Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Zuhro Ibragimova rahbarligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida bo‘lib, berilgan har bir vazifaning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. O‘rganishlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Qodir Jo‘rayev, Sherzod Qulmatov va Nodira Djanibekova ishtirok etdi.



Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri