Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar hududlarda o‘rganishlar olib bormoqda
10:15 / 2025-06-03

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Aziza Aminova Navoiy shahridagi kichik sanoat zonasi hududida joylashgan “Unversal filtr” korxonasi faoliyati va korxonada ishchi xodimlar uchun yaratib berilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.

Bugungi kunda korxonada 250 dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilib kelmoqda. Mazkur korxona 2007 yil o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, tadbirkor tomonidan muassasa yildan-yilga modernizatsiya qilib borilmoqda. 2018 yildan boshlab esa mashinasozlik yo‘nalishida ilk bor mahalliy bozor uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda 50 dan ortiq, jumladan, metallurgiya yo‘nalishi uchun mahsulotlar va avtomobillar uchun filtrlar ishlab chiqariladi. Mahsulotlarning katta qismi xorijga eksport qilinadi. 

Uchrashuv davomida deputat so‘nggi yillarda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z faoliyatini kengaytirib, aholi daromadlarini oshirishga va bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlik sohasi vakillarining yutuqlarini alohida e’tirof etdi.

Tadbir so‘nggida korxona rahbari tomonidan kelgusidagi rejalar va yaqin kunlarda ishga tushirilishi kutilayotgan loyihalar haqida ma’lumotlar berildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri