Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar forumi
16:15 / 2025-12-12

Buxoroda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan “Deputat tashabbuskorligi va faolligi – yashil taraqqiyot va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim omil!” shiori ostida Deputatlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi rahbari A.Hamzayev, fraksiya rahbari o‘rinbosari O.Rahimov, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi J.Ashurov, siyosatshunos-ekspertlar hamda Xorazm, Navoiy hamda Buxoro viloyatlaridan mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashi deputatlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar, saylov okruglarida saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida hamda fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni hal etish uchun davlat organlarining mansabdor shaxslariga 1 788 ta deputatlik so‘rovi yuborilgan. Deputatlik nazoratining samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkich sifatida 688 ta so‘rovda ko‘tarilgan masala ijobiy yechim topgan.

Joriy yilda partiya guruhlari tomonidan Mahalliy Kengashlarning doimiy komissiyalari muhokamasiga 744 ta masala kiritilgan. Ularning 715 tasi Kengash sessiyalari kun tartibiga olib chiqilishiga erishilgan. Partiya guruhlari hududlarni rivojlantirish dasturlarining loyihalarini takomillashtirish yuzasidan 199 ta taklif kiritgan. 

Forumda erishilgan natijalar sarhisob qilindi. Kelgusidagi faoliyat yuzasidan takliflar tinglandi.

Tadbir doirasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida aksiya o‘tkazilib, unda deputatlar tomonidan ko‘chatlar ekildi. Barpo etilgan bog‘ partiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan forumning ezgu va manfaatli ramzi sifatida hudud ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.