Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar deputatlikni tark etdi(mi)?
13:10 / 2020-11-12

2016 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida ishlab kelgan Laziz To‘ychiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, shuningdek, xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati hisoblangan Laziz To‘ychiyev bundan avval Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2020 yilda «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelgan Alisher Shodmonov tayinlandi.

Yana bir muhim yangilik sifatida qayd etish joizki, joriy yilning 28 oktyabridagi buyruqqa asosan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi lavozimiga xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Mohir Valiyev tayinlandi.

Eslatma: Mohir Valiyev 2020 yil yanvaridan bugunga qadar Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi direktori vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Endilikda ushbu deputatlar deputatlikdan yechiladimi-yo‘qmi, bunisi xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi qarorida ma’lum bo‘ladi.

Mehriniso BOBONAZAROVA,

O‘zbekiston «Adolat» SDP

Toshkent shahar Kengashi

matbuot kotibi