French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputatlar aholi muammolarini oʻrganmoqda
22:22 / 2020-02-19

Deputatlar Urganch shahri, Xonqa va Shovot tumanlarida aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi hamda bu sohada yangidan barpo etilayotgan suv taqsimlash inshootlari holatini oʻrgandi.


Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasi aʼzolari tomonidan Prezidentimizning 2018-yil 30-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini Xorazm viloyati misolida oʻrganish doirasida bir qator tadbirlar oʻtkazildi.

Deputatlar Urganch shahri, Xonqa va Shovot tumanlarida aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasi hamda bu sohada yangidan barpo etilayotgan suv taqsimlash inshootlari holatini oʻrgandi. Shuningdek, ular ushbu suv taqsimlash inshooti xizmat koʻrsatayotgan hududlarda boʻlib, odamlarni qiynayotgan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy, sogʻliqni saqlash, ekologiya, bandlik, yoshlar, xotin-qizlar, taʼlim-tarbiya masalalariga doir muammolar boʻyicha mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda amaliy yordam chora-tadbirlarini koʻrib chiqdi.

Tadbir doirasida hududdagi oliy taʼlim muassasalarida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuvlarda Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinadigan va koʻrib chiqiladigan qonun loyihalari, qonun ijodkorligi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.