Prezidentimizning “Deputatga ishonch - xalqqa ishonch” degan so‘zlari bugun deputatlarning obro‘sini oshirib, ularning xalq orasida alohida o‘rni borligini ko‘rsatdi.
Davlatimiz rahbarining hududlar infratuzilmasini yaxshilash, aholining munosib sharoitda yashashini ta’minlash yo‘nalishida belgilab berilgan vazifalari bajarilishini ta’minlash jarayonini o‘rganish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga "Aqmang‘it" saylov okrugidan deputat Alisher Djumanazarov Nukus tumani “Namunali makon" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldi.

Xalq vakili mahallada mavjud bo‘lgan muammolarni o‘rganib, ularning ijobiy yechimini topish uchun harakatlarni boshlab yubordi. Xususan, “Yedige botir 2” ko‘chasidagi yillar davomida eskirgan 9 dona simyog‘och ustuni beton ustunlarga almashtirilib, 400 metrlik kabel tortishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
– Ko‘chamizga elektr toki uchun beton ustunlar qurib berilyapti, rahmat. Shu kungacha yog‘och ustun bilan yashab kelgan edik. Qo‘rqardik, har qor, yomg‘ir yoqqan sari bolalarimiz ostidan o‘tsa. Yurtimizga, xalqimizga katta yaxshilik qilyapti deputatimiz, baraka topsin. Bu qilayotgan xolis ishidan barcha mahalla ahli minnatdor,-– deydi shu yerda yashovchi fuqaro Adilbay Davlatniyazov.

Joylarda xayrli ishlar davom etmoqda.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri