Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat yuk mashinalariga og‘irligiga qarab yo‘l yig‘imi uchun to‘lov joriy etish taklifini bildirdi
13:22 / 2023-11-08

Bugungi kunda transport vositalari ko‘paydi, mamlakatga chetdan yuk kelishi va chetga yuk olib chiqilishi ortyapti. Bu esa yo‘llar infratuzilmasini asrash va uni yanada yaxshilash lozimligini taqozo etadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida Byudjetnoma loyihasi muhokamasida mazkur masalalarga ham alohida e’tibor qaratildi.  

Deputat Muxtor Hojimatovning fikricha, aksariyat yo‘llarimiz 10 tonnadan ortiq yukni ko‘tarishga mo‘ljallanmagan. Ammo bugun 20 va undan ortiq tonnalik yuk mashinalari yo‘llarimizda harakatlanayotgani yo‘llar sifatiga zarar yetkazmoqda. Ammo bugungi kunda 10 tonnalik mashina ham, 50-60 tonnalik mashina ham yo‘l yig‘imi uchun bir xil to‘lov to‘layapti. Deputat ushbu yig‘im miqdorini mashinalar toifalariga qarab toifalash bo‘yicha taklifni o‘rtaga tashladi.    

Bunga javoban Hukumat vakillari 10 tonnadan ortiq yuk mashinalariga alohida to‘lov joriy etish taklifini Transport vazirligi bilan birgalikda muhokama qilib, bir to‘xtamga kelinishini bildirdi. Bu borada Transport vazirligi mas’uli ham bu o‘rinli taklif ekanini va tegishli mutasaddilar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.    

 

Muhtarama Komilova,  

O‘zA