Deputat yoshlar oʻrtasida onlayn tanlov oʻtkazdi
Deputat tashabbusi bilan farzandlarimizni barkamol boʻlib ulgʻayishlari yoʻlida karantin vaqtida ham turli tanlov va viktorinalar oʻtkazilmoqda.
Davlatimiz rahbarining yoshlar taʼlim-tarbiyasi uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratishga doir kompleks chora-tadbirlarni oʻz ichiga olgan Beshta muhim tashabbusini amaliyotga joriy etish yuzasidan Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashidagi OʻzLiDeP deputatlik guruhi aʼzolari ham bir qator ishlarni amalga oshirmoqda.
Xususan, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Fargʻona shahar Kengashi deputati Bahodirjon Homidov oʻz saylov hududidagi “Yormazor” va “Shodlik” mahallalari yoshlari oʻrtasida “Biz uydamiz!” shiori ostida onlayn tanlovi oʻtkazdi.
Unda yoshlar sheʼr va rasmlarida Vatanni, istiqlolni tarannum etdilar. Shuningdek, kitobxonlik va sport bilan shugʻullanish, ayollarning samarali faoliyat yuritayotganliklari ham ijodiy ishlarda oʻrin oldi.
– Deputat tashabbusi bilan farzandlarimizni barkamol boʻlib ulgʻayishlari yoʻlida karantin vaqtida ham turli tanlov va viktorinalar oʻtkazilmoqda. Farzandlarimiz bu ishlarda oʻz jonbozliklarini koʻrsatib, bor iqtidorlarini namoyon etishga harakat qildilar, – deydi hududdagi 30-maktab direktori S.Mahmudova.
Gʻolib va sovrindorlarga deputat tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar karantin qoidalariga muvofiq xonadonlarga tashrif buyurilib, topshirildi.
Sh.TOʻXTAMATOV,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati Kengashi matbuot kotibi