Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat yoshlar bilan uchrashdi
16:24 / 2026-01-15

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati Fotima Polvonovaning Chimboy tumanidagi 40-sonli umumta’lim maktabida yoshlar va ularning ota-onalari bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning qobiliyat va salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi.  

Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etishda yoshlarning tutgan muhim o‘rni, bugungi kunda yurtimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda baland ko‘tarayotgan iste’dodli yoshlarning yutuqlari alohida e’tirof etildi.

Jumladan davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ham yoshlar masalasi alohida o‘rin egallashi qayd etildi.  Xususan, Murojaatnomada mamlakat aholisining katta qismini yoshlar tashkil etishi, ular nafaqat demografik salmoq, balki innovatsiya va ijodiy g‘oyalar manbai ekanligi ta’kidlandi. Shu bois, davlat siyosatining markazida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun barcha imkoniyatlar yaratish ustuvor vazifa sanaladi.  

Deputat tomonidan shuningdek farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati, oila va ta’lim muassasasi hamkorligining ahamiyati, yoshlarni vatanparvarlik, mehnatsevarlik va bilim olishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Uchrashuv yakunida o‘qishda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilarning ota-onalariga tuman hokimining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa ota-onalarni yanada mas’uliyatli bo‘lishga, farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga e’tiborini kuchaytirishga undaydi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri