Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat va yoshlar
10:52 / 2025-11-06

Buxorodagi “Poykent Bukhara” mehmonxonasi huzuridagi BPTda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, “Poykent” mehmonxonalar asoschisi Komil Ro‘ziyevning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zLiDeP viloyat Kengashi mas’ullari, mahalliy Kengash deputatlari, BPT faollari, Buxoro turizm texnikumi pedagog-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda bugungi kunda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta’minlash va tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish uchun yurtimizda yaratib berilgan imkoniyatlar va imtiyozlar xususida so‘z bordi. 

O‘zLiDeP saylovoldi dasturida yoshlarning siyosiy savodxonligini oshirish, ular uchun manfaatli ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirishga ko‘maklashish borasida ustuvor vazifalar belgilab berilganligi ta’kidlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan deputat K.Ro‘ziyev dual ta’limning mamlakatimiz o‘quv muassasalari va ishlab chiqarish korxonalari uchun yangi rivojlanish bosqichi ekanligini ta’kidladi. Yurtimizda turizm va mehmonxona sohasida xalqaro standartlarga mos uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ushbu yo‘nalishlarda zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda dual ta’limning yo‘lga qo‘yilganligi, ta’lim muassasalarida o‘qish jarayonini amaliyot bilan birga olib borilishi kelgusida talaba-yoshlarning o‘zlari tanlagan sohada yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishilarida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. 

Tadbir yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Zarif Komilov, O‘zA