Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat tumandagi kam ta’minlangan oilalarning ahvolidan ham xabar oldi
15:50 / 2025-09-29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi Nodira Rashidova Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli, Bo‘zatov va Qorao‘zak tumanlarida bo‘lib, tuman aholisi bilan yaqindan muloqot qildi.

Deputatning o‘rganishlari Bo‘zatov tumanidan boshlandi. Aholi bilan muloqotlar xonadonbay shaklida tashkil qilindi. “Qusxanatov” mahalla fuqarolar yig‘inida yettilik a’zolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Ushbu hududda bir necha yillardan buyon yer bilan tillashib kelayotgan dehqon Juginis Jumanazarov tomorqasi ko‘zdan kechirilib, ushbu tomorqada amalga oshirilayotgan ishlar tajribasini ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, tumani hududida yangidan bo‘y tiklayotgan “Bo‘zatov sanatoriyasi”  qurilish ob’ektida bo‘ldi. Unda olib borilayotgan qurilish jarayoni bilan tanishdi. Mazkur sanatoriya eng zamonaviy, jahon standartlari asosida barpo etilmoqda. 200 nafar kishiga mo‘ljallangan muassasa zarur davolash uskunalari bilan ta’minlangan. Qurilish ishlari reja bo‘yicha oktyabr oyida tugatilishi rejalashtirilgan.

Kegeyli tumanidagi o‘rganishlar esa fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan bog‘liq holda kechdi. Jumladan, “Qayip mayshi” fermer xo‘jaligida yetishtirilgan paxta hosilini uyushqoqlik bilan terib olish, terimchilarga zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, deputat tumandagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlarni o‘rgandi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shu kuni tumandagi “Juzimbog‘” ovuli aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi. Hudud aholisi bilan suhbatda yurtimizda olib borilayotgan ijobiy o‘zgarishlarning nafasi bu yerda ham sezilayotgani ta’kidlandi. Qishloq yo‘llari ta’mirlanib, yangi ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirilayotganini qishloq fuqarolari faxr bilan tilga olishdi. Shuningdek, aholi ichimlik suvidan muammo borligini bildirdi. Deputat kelib tushgan ushbu murojaat bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar orqali yechim topish yo‘llarini ko‘rib chiqishini bildirdi.

Shundan keyin deputat Qorao‘zak tumanidagi olib borilayotgan ishlar, aholi turmushi bilan tanishdi. Dastlab tumandagi Berdaq mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, kam ta’minlangan oilalarning ahvolidan xabar oldi.  

Tumandagi  yangidan rekonstruksiyadan chiqqan 33-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ertangi kun egalari bo‘lgan yoshlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.  

Deputatga bildirilgan murojaatdan keyin mazkur maktabga suvni tozalash uskunasi qurilgan edi. Ushbu murojaat ijobiy yechim topgani uchun maktab jamoasi deputat N. Rashidovaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri