Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat tibbiy xizmatlar sifatini o‘rgandi
16:23 / 2025-12-20

Jamoatchilik nazorati aholi manfaatini ta’minlash va davlat xizmatlari sifatini oshirishda samarali ish usuli hisoblanadi.

Shu kunlarda Guliston shahar Kengashi deputati Yulduz Usmanova tomonidan Guliston shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli  2-sonli oilaviy poliklinikada jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, shifokor va tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, shuningdek, davlat tomonidan bepul berilishi belgilangan dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik holati atroflicha tahlil qilindi.

Poliklinikaga murojaat qilgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Suhbatlar jarayonida navbatlar bilan bog‘liq muammolar, xizmat ko‘rsatishdagi kechikishlar hamda ayrim xodimlar faoliyatida samaradorlikni oshirish zarurati kabi masalalar aniqlandi.

–  Eng asosiysi, o‘rganish davomida aniqlangan kamchilik va muammolar poliklinika rahbariyatiga yetkazildi hamda ularni tezkor bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, –  deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondining Sirdaryo viloyati bo‘limi rahbari, Guliston shahar Kengashi deputati Yulduz Usmonova. –  Jamoatchilik nazorati nafaqat xizmat sifati va qonuniylikni ta’minlaydi, balki aholi uchun qulayliklar yaratish, davlat muassasalari faoliyati samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyatga ega.

Deputat tomonidan ilgari surilgan taklif va tavsiyalar mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, nazorat natijasida aniqlangan masalalar davlat va mahalliy rahbariyat uchun muhim signal vazifasini bajaradi.

Xulosa qilib aytganda, deputatlik nazorati tibbiy xizmatlar sifati va aholi manfaatini ta’minlash bilan birga, davlat muassasalarida ochiqlik va shaffoflikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.  

G‘ulom Primov, O‘zA