Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat saylovchilari huzurida
18:33 / 2020-12-21

Ayni kunlarda parlament quyi palatasi deputatlari o‘z saylangan okruglarida bo‘lib, aholi bilan muloqotlar o‘tkazishmoqda.

O‘zbekiston “Adolat” SDPdan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Oltinoy Mamirova ham saylovchilarning murojaatlari bilan ishlashga alohida e’tibor qaratmoqda.

Jalaquduq tumani hokimligida tashkil etilgan qabulda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan bir qator muammolar bilan xalq vakiliga murojaat qildi.

“Qorayantoq” mahalla fuqarolar yig‘ini, Yangi turmush ko‘chasida yashovchilar nomidan kelgan faxriylar davlatimizning bugungi siyosati, amalga oshirilayotgan islohotlardan xursand. OAV orqali respublikamizdagi yangiliklarni kuzatib, ertangi kunimiz yanada farovon bo‘lishidan ko‘ngillari to‘q. Biroq ularni o‘ylantirayotgan masalalar ham yo‘q emas.

– Saylovlar oldidan o‘tkazilgan uchrashuvlarda siyosiy partiyalarning dasturlari bilan yaqindan tanishganmiz. “Adolat”chilarning xalqchil g‘oyalari bizga ma’qul bo‘lgandi, – deydi mahalla faoli Oyistaxon Berdiqulova. – Jumladan, yoshlar va ta’lim masalasiga qaratilgan g‘oyalari juda o‘rinli. Bugun bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarda ularning ishtiroki va o‘rni katta. Shu sabab biz ayni shu masalada o‘z vakilimizga murojaat qildik. Hududimizda ilgari 1 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bor edi. Eskirgani sababli bu joydan foydalanilmayotgani uchun tadbirkorga berilgan. Endi bolalarimiz uchun MTT yo‘q. Joylarda zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilayotganini ko‘rib, bizning farzandlarimiz ham shunday joylarda tarbiya olsa, deymiz.

Yana bir necha mahalla faollari bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Ularning hisobi bo‘yicha, shu ko‘chada yashovchi 120 nafar bola MTTga qatnashi mumkin. Deputat O.Mamirova bu masalani alohida nazoratga olishini bildirdi.

Uchrashuvda aholi tomonidan bildirilgan 5 ta muammo joyida hal etildi. Qolgan muammolar yechimini deputat o‘z nazoratiga oldi.

Deputatning hududdagi muloqotlari davom etyapti.

O‘zA