Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Yelena Kompolshik Samarqand viloyatida o‘tkazgan o‘rganishlari davomida aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammolarini o‘rgandi va zarur amaliy yordam ko‘rsatishga e’tibor qaratdi.
Xususan, Samarqand shahridagi Siyobcha mahallasida bo‘lib, Ramazon oyida mahalladagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bir qator oilalarning turmush sharoitini ko‘zdan kechirdi, xonadon egalarining muammolarini eshitib, ularni hal qilish bo‘yicha partiya va shahar hokimligi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, deputat tashabbusi bilan viloyat rus drama teatrida shahardagi mahallalarning ijtimoiy ko‘makka muhtoj oila farzandlari uchun bepul teatr spektakli namoyish etildi.

Yelena Kompolik saylov okrugidagi o‘rganishlari davomida Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida partiya viloyat kengashi va Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida ham ishtirok etdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri