Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat qabuli: yoshlar bandligi va ehtiyojmand oilalarga eʼtibor qaratildi
10:10 / 2020-09-08

Uchrashuvda hal etilishi lozim boʻlgan koʻplab muammo va takliflar oʻrtaga tashlandi.


Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, OʼzLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani aholisi bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda hal etilishi lozim boʻlgan koʻplab muammo va takliflar oʻrtaga tashlandi.

Deputat togʻli va togʻoldi hududlarda yashovchi ishsiz fuqarolar, ayniqsa yoshlar bandligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratdi.

Hozirda Oqtosh va Chambil qishloqlarida 110 gektardan ziyod yer yoshlarga berilib, “Gigant” navli eksportbop tok nihollari ekildi.

Endilikda tokzorlarni 700 gektardan oshirish va 1000 nafarga yaqin togʻlik ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha saʼy-harakatlar boshlandi.

Shuningdek, “Boshchorbogʻ”, “Beliboyli”, “Oqrabot” MFY fuqarolari tomorqalar uchun imtiyozli kreditlarni koʻpaytirish, “Gumbuloq” MFYda “Temir daftar”ga kirgan ehtiyojmand fuqarolarga yordam koʻrsatish kabi muammolarga eʼtibor qaratildi.

Tumanni rivojlantirish dasturiga kiritilgan masalalar boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga deputat soʻrovlari yuborildi.