Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat o‘z saylov okrugidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
09:28 / 2023-03-01

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Madina Baratova soha xodimlari bilan o‘z saylov okrugidagi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan qurilish ishlari sifatini o‘rganib chiqdi.

Deputat dastlab Buxoro viloyati hokimligi huzuridagi yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi buyurtmasiga asosan pudratchi 47-son XKMK MCHJ tomonidan Buxoro shahrida barpo etilayotgan 120 o‘rinli Endokrinologiya dispanseri ob’ektida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari bilan tanishdi.  

Shundan so‘ng, Buxoro shahrining Ibn Sino va I.Karimov ko‘chalari kesishmasida 3000-4000 tomoshabinga mo‘ljallangan Universal sport majmuasi qurilishi ob’ektida  olib borilayotgan qurilish-montaj ishlarini ko‘zdan kechirdi.  

Qurilish ob’ektida 5 ta subpudrat tashkiloti, 125 nafar ishchi va 7 ta texnika ishlamoqda.  

O‘rganish davomida qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan talablarga mos va sifatli bo‘lishi, qurilish ishlarining to‘liq, o‘z vaqtida bajarilishi, montaj, tashqi fasad, ichki pardozlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish ishlari, kirish joylarida nogironlarga yaratilgan sharoitlar hamda boshqa qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilayotganligi deputat tomonidan alohida nazoratga olindi.  

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik talablari, yong‘inga qarshi hamda taqdim etib kelinayotgan hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlar haqida amalda bajarilgan ishlarga mos kelishi ko‘zdan kechirildi.  

 

Zarif Komilov, O‘zA