Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat oilaviy poliklinika faoliyatini o‘rgandi
15:16 / 2022-02-24

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘z saylov okruglarida bo‘lib, saylovchilar bilan yuzma-yuz muloqot qilmoqda. Joylardagi ijtimoiy soha ob’ektlarining faoliyati, mavjud muammolari bilan tanishmoqda.

Xususan, Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Rahmonov Buxoro viloyatining Kogon shahrida bo‘lib, odamlarni qiynayotgan masalalarni o‘rganmoqda. Shuningdek, deputat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish va sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni  ijrosi yuzasidan  Kogon shahridagi “Ibn Sino” nomli oilaviy poliklinikaga bordi. Ushbu tibbiyot muassasasida  amalga oshirilgan ishlarni yaqindan o‘rgandi.  


 
O‘rganishlar davomida Sherzod Rahmonov shifokorlar bilan suhbatlashib, bugungi kunda muassasada aholi salomatligini ta’minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yuzaga kelayotgan va hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar haqida ham fikrlashdi.   
 
Xalq vakili o‘z saylov okrugidagi faoliyati davomida aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rilishiga e’tibor qaratyapti.   

M.Komilova, O‘zA