English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat nogironlik aravachasi sovgʻa qildi
10:52 / 2020-03-24

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Oʻktam Saidmurodov Navroʻz bayrami kunlari Jomboy tumanidagi mahallalarda boʻlib, saylovchilari bilan uchrashdi.


Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Oʻktam Saidmurodov Navroʻz bayrami kunlari Jomboy tumanidagi mahallalarda boʻlib, saylovchilari bilan uchrashdi. Nogironligi boʻlgan kishilar, bemor va qariyalar xonadoniga borib, ulardan hol soʻradi.

Jumladan, Zarafshon mahallasida yashovchi II guruh nogironi Ravshan Joʻraqulov bilan suhbat chogʻida otaxon nogironlik aravachasi yoʻqligi sababli koʻcha-koʻyga chiqolmasligini aytdi. Deputat shu zahoti otaxonning bu oʻkinchiga yechim topishga harakat qildi. Ravshan akaga nogironlik aravachasi keltirib berildi.

– Avvalo, hech kim bunday vositaga muhtoj boʻlmasin, – deydi Ravshan aka. – Lekin ilojsiz qolganingizdan keyin, aravachaga ham zarurat sezarkansiz-da. Deputatimiz uyga kelib, hol soʻraganida shu haqda gapirgandim, oʻsha kunning oʻzida aravacha keltirib berishdi.