Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat natijaga erishdi
17:02 / 2025-08-28

Joriy yilning fevral oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Jahongir Shirinov Qorako‘l tumaniga amalga oshirgan tashrifi davomida Eski Qala mahallasida yashovchi faollar bilan uchrashib, mahalladagi ijtimoiy masalalarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratgan edi.

Uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan 18-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilar soni yildan-yilga ortib borayotgani, mavjud o‘quv binolari esa bugungi kun talablariga javob bermayotgani bois, yangi o‘quv binosi qurish zarurligi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borilgan muvofiqlashtirilgan ishlar natijasida muammo ijobiy hal etildi.

Deputat tashabbusi asosida 18-maktab uchun 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ ajratildi. Zamonaviy, 300 o‘rinli, uch qavatli o‘quv binosi qurilishiga asos solindi. Qurilish ishlari belgilangan me’yor va sifat talablariga to‘liq muvofiq holda olib borildi va to‘liq yakunlandi.

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida deputat Jahongir Shirinov va tuman mas’ullari mazkur o‘quv binosining ochilish marosimida ishtirok etdi. Pedagoglar hamda o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Bu tashabbus xalq vakilining murojaatlarga befarq emasligi, har bir masalaga amaliy yechim topishga intilishi va eng muhimi, natija uchun ishlashga tayyor ekanining yorqin ifodasidir.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.