Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat institutda ma’ruza qildi
17:45 / 2025-09-26

Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Zebiniso Rahmonova professor-o‘qituvchilar va talabalar bilan uchrashdi.

Tadbirda Oliy Majlis quyi palatasi deputati dastlab davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasidagi nutqida ilgari surgan tashabbuslari haqida so‘z yuritdi.

– Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga hamohang demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotganini alohida qayd etdi, –  dedi Zebiniso Rahmonova. – Bu esa yurtimizdagi har bir insonning turmush farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik va xotirjamlikni ta’minlash uchun iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish, dunyoning turli mintaqalaridagi urush va nizolarni diplomatik muloqot yo‘li bilan hal etish hamda ekologik muammolarga alohida e’tibor qaratdi. Bu boradagi davlatimiz nuqtai nazarini ifoda etadigan tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlarga ham e’tibor qaratilib, bunda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, joylarda maishiy korrupsiyaning oldini olish, yoshlarimizda bu illatga nisbatan murosasiz bo‘lish hamda ta’lim tizimini korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi, taklif va tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.

G‘. Hasanov, O‘zA muxbiri