Deputat Farg‘onadagi yong‘in bo‘yicha so‘rov yubordi
Farg‘ona shahridagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlash ko‘pchilikni qayg‘uga soldi. Mazkur holat keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Javlon Abdullayev Farg‘onadagi AYOQSHda sodir bo‘lgan portlash sabablari va bu kabi mudhish holatlar qaytarilmasligi bo‘yicha olib borilayotgan choralar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasiga deputat so‘rovini yubordi.
Ushbu deputat so‘rovi va o‘rganishlar natijasi bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etiladi.
M.Komilova, O‘zA