Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat Dastan Bekeshev: “Mazkur telekanal bizga kerak emas“
15:39 / 2019-10-03

Qirg‘iziston parlamentining deputati Dastan Bekeshev bosh vazir Muhammedkaliy Abilgazievga murojaat qilib, “5 kanal” telekanalini sotish lozimligi borasida taklif berdi.


Qirg‘iziston parlamentining deputati Dastan Bekeshev bosh vazir Muhammedkaliy Abilgazievga murojaat qilib, “5 kanal” telekanalini sotish lozimligi borasida taklif berdi. U imkon qadar tezroq “5 kanal”ni sotuvga qo‘yish borasida hukumat rahbariga maktub yo‘llashini bildirdi.

“So‘nggi vaqtlarda biz “Azattiq” jurnalistik surishtiruvini e’lon qilishi bilan “5 kanal” sahnaga chiqib qolayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Bu davlat kanali, u erkin matbuotni tanqid qilishi kerak emas. Tanqid hukumat tomonidan bo‘layotgandek tuyulmoqda. Mazkur kanal bizga kerak emas, deya hisoblayman, biz kanalga bir tiyin ham bermaymiz, uni sotuvga qo‘yish kerak. Ertagayoq men bosh vazirga maktub yozib imkon qadar tezroq kanalni sotuvga qo‘yishi borasida taklif beraman”, dedi deputat.

Ma’lumot o‘rnida, “5 kanal” 2005 yilda “KOORT“ telekanali bazasida tashkil etilgan. 2010 yilda Muvaqqat hukumat dekretiga binoan telekanal davlat ixtiyoriga olingan.

2011 yilda telekanal yopiq aksiyadorlik jamiyati ekanligi to‘g‘risida qonun qabul qilindi va telekanal parlamentniki bo‘ldi.

2018 yilda Dastan Bekeshev kanalni bu maqomdan mahrum qilish va sotish taklifini berdi.