Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat Barno Mirzamova uychilik saylovchilar bilan uchrashdi
17:06 / 2022-03-26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Barno Mirzamova o‘z saylov okrugida bo‘lib, mahallabay, xonadonbay yurib aholi muammolarini o‘rgandi.

Deputat dastavval Namangan viloyatining Uychi tumanidagi Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashdi. Muloqotda mahallada toza ichimlik suvi, yo‘llarni asfalt qilish, qishloq yoshlari uchun qo‘shimcha maktab binosini qurib berish, ishsizlik muammosi kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu ko‘tarilgan muhim masalalarning aksariyati joyida hal qilingan bo‘lsa, muddat talab qiladigan ba’zi muammolar alohida nazoratga olinib, yechimi izlandi.

Xalq vakilining uchrashuvi tumandagi Bog‘ mahallasi aholisi bilan davom etdi. Uchrashuvlarda asosan mahalla hududidagi ichki va tashqi ko‘chalarni asfaltlashtirish, oqova suvlarini tartibga solish, ayniqsa, kuchli yog‘ingarchilikdan so‘ng ko‘lmak hosil qilmasligining oldini olish, uy-joy qurish uchun kredit masalasi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun subsidiya ajratish, davolanish uchun moddiy yordam ko‘rsatish kabi muammolar o‘rtaga tashlandi.

Ushbu muammolar ham mutasaddi rahbarlar orqali o‘z yechimini topishga kelishib olindi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA