Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 19-Shibirg‘on okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Dildora Ahmedova aholi bilan uchrashib, hududda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Shibirg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida 610 xonadon, 796 oila, 3226 nafar aholi istiqomat qiladi. Shuningdek, hududda 4 qishloq ya’ni Shibirg‘on, Safarman, Xasan xo‘ja, Teraxon qishloqlari mavjud. Ayollarning 108 tasi 4-bosqich ayollar daftariga kiritilgan. Hududda 1 maktab, 1 maktabgacha ta’lim muassasasi, 1 oilaviy poliklinika faoliyat ko‘rsatmoqda. Kengash deputati boshchiligida mahalla raisi, hokim yordamchisi va faollar nogironligi bo‘lgan aholi xonadonida bo‘lib holidan xabar oldi.
[gallery-12239]
Deputat boshchiligidagi mas’ullar Shibirg‘on mahallasi, Shibirg‘on qishlog‘ida yashovchi 1-guruh nogironi Murodjon Akramov va Safarman qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 1-guruh nogironligi bo‘lgan Suxrob Dostonovlarning xonadonida bo‘lib ularning oila a’zolari bilan suhbatlashdi, muammolari o‘rganildi. Oilaga “Saxovat va ko‘mak” tuman bo‘linmasi mablag‘lari hisobidan birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
– Saylovchilar bilan uchrashib, ularning holidan xabar olish insonga mas’uliyat yuklaydi, – deydi 19-Shibirg‘on okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Dildora Ahmedova. – Uchrashuvlarda aholini qiynab kelayotgan muammolar o‘rganiladi. Ularga ko‘mak beriladi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA