Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deputat 2 ming dona tibbiy niqob tarqatdi
10:55 / 2020-03-24

Koronavirus tarqalishining oldini olish borasida davlatimiz rahbari va hukumati tomonidan koʻrilayotgan keng koʻlamli va qatʼiy chora-tadbirlar, xususan Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqimizga murojaati barchani butun dunyoni sarosimaga solayotgan bu ofatga qarshi vahimaga berilmagan holda hamjihatlik bilan kurashishga undamoqda.

Namangan viloyatida ham koronavirus profilaktikasiga doir targʻibot tadbirlari barobarida jamoatchilik vakillari, deputatlar tomonidan virus tarqalishining oldini olishning amaliy jihatlariga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyati kengashining rahbari, xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati Ahmadjon Aʼloxodjayev oʻz saylovchilarini bepul tibbiy niqob bilan taʼminlash tashabbusi bilan chiqdi.

Kuni kecha, yaʼni 23-mart kuni Namangan shahrida tashkil etilgan dastlabki shunday aksiyada vatanparvarchilar jamoasi aholiga 2000 dona tibbiy niqobni beminnat tarqatish bilan birgalikda aholi oʻrtasida koronavirus profilaktikasiga doir tushuntirish olib bordi.

–Bugungi epidemiologik vaziyat bartaraf boʻlmaguncha, bunday tadbirlarni izchil davom ettiramiz, – deydi A.Aʼloxodjayev. – Bu bizning ham deputatlik, ham fuqarolik, eng asosiysi vatanparvarlik burchimizdir.