Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda boshqarma boshlig‘i A. Yuldashov so‘zga chiqib, matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayram bilan muborakbod etdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, biz ommaviy axborot vositalari xodimlari timsolida o‘zining chuqur bilim va tajribasi, beqiyos iste’dod va mahoratini xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, davlatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlarning aql-zakovatini yuksaltirish, jamiyatimizda ochiqlik markazini mustahkamlash, global axborot makonida xalq, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishdek ulug‘ ishlarga bag‘ishlagan jonkuyar va mehnatkash insonlarni ko‘ramiz.

Jonajon O‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi va muhim bosqichiga qadam qo‘yayotgan hozirgi davrda media sohasi vakillari - jurnalist va muharrirlar, rejissyor va operatorlar, blogerlar, teleradiokanallar, gazeta va jurnallar, tahririyat va matbaa xodimlari Vatanimizning demokratik qiyofasini shakllantirish, uni dunyoga keng yoyishda cheksiz hissa qo‘shib kelayotganini el-yurtimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini xalq bilan muloqotning ishonchli ko‘prigiga aylantirish, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini, salomatlik raqobatini rivojlantirish, media tarmoqlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ustoz-shogird an’analarini kuchaytirish, tarmoq xodimlarining mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Barchamizga ma’lumki, dunyoda tan olingan demokratik me’yorlarga ko‘ra, matbuot erkinligi barcha fuqarolik va siyosiy huquqlar orasida alohida ahamiyatga ega.
Tadbir yakunida ommaviy axborot vositalarining bir guruh vakillariga bayram munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri