Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Departament: tabiiy resurslar isrof qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi
10:05 / 2023-05-23

Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish isrofgarchilikning oldini oladi. Shu bois Bosh prokuratura huzuridagi Departament organlari elektr energiyasi va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlariga chek qo‘yishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Fuqaro M.I. o‘z uyida 45 to‘plamdagi “Bitmain” mayning kripto-aktivlari qurilmalarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmoqlariga ulab, jami 323,4 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Bu Departamentning Andijon tumani bo‘limi tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Ayrim holatlarda soha xodimlari noqonuniy holatlarga “bosh qo‘shmoqda”... 

“Hududgaz poytaxt” gaz ta’minoti filiali loyiha bo‘limi loyihachisi S.T. tadbirkor A.I.ning Uchtepa tumanidagi bekat majmuasini gaz tarmog‘iga ulash bo‘yicha loyiha hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5 million so‘m olgan. Shu vaqtda u Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

N.Abduraimova, O‘zA