Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denovlik 105 yoshli onaxon Vatanga tinchlik, obodlik tiladi
13:15 / 2024-10-27

Mamlakatimizda bo‘lib o‘tayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida surxondaryolik keksa avlod vakillari ham faol ishtirok etmoqda.

Ayni paytda viloyatda 90 dan ortiq yuz yoshdan oshgan otaxon va onaxon tinch, to‘kin hayot kechirayotir. O‘zlarining qimmatli maslahatlari bilan yoshlarni Vatanimizga sadoqat, yurtga muhabbat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalayotgan piru badavlat otaxon-onaxonlar osuda hamda obod hayot uchun ovoz bermoqda.  

Denov tumanidagi Bog‘i Eram mahallasida yashovchi 105 yoshli onaxon Bibirajab Murodova 695-saylov uchastkasida saylovchilar ro‘yxatiga olingan. Onaxon bugun 70 yoshli o‘g‘li Baxtiyor Murodov bilan birga o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etdi. Yurtimizga tinchlik, xonadonlarga fayzu baraka, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga bardavomlik tilab, duoga qo‘l ochdi.  

Tumandagi 695-saylov uchastkasida mingga yaqin saylovchi ovoz beradi. Hozirgacha ularning 600 dan ortig‘i munosib nomzodlarni yoqlab, ovoz berdi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri