Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denov tumanida yangi hokim ish boshladi
18:32 / 2025-12-30

Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida lavozimidan ozod etilgan Ilhom Abrorov o‘rniga shu paytgacha Qumqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan Anvar Normamatov tuman hokimi etib tayinlandi.

Anvar Normamatov 1981 yil Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.

Mehnat faoliyati davomida ichki ishlar organlarida turli mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan. Xususan, Sariosiyo, Uzun va Qiziriq tumanlari hamda Termiz shahar ichki ishlar bo‘limlarida boshliq, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida nutq so‘zladi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri