French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denov tumani hokimi o‘zgardi
16:05 / 2022-01-31

Xalq deputatlari Denov tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.

Pardayev Rustam Ubodullayevich boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod etildi.  

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Allamuradov Abdumalik Abduqodirovich Denov tumani hokimi etib tasdiqlandi. 

A.Allamuradov 1977 yil 17 aprelda Termiz tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent davlat universiteti, 2003 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 

Mehnat faoliyati davomida prokuratura, adliya, ichki ishlar organlari tizimida turli lavozimlarda xizmat qilgan. 2019-2020 yillar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi mudiri, 2020 yildan shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlayotgan edi. 

Xolmo‘min  MAMATRAYIMOV, O‘zA