Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Deniyel Rozenblyum Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi
12:57 / 2021-10-30

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Deniyel Rozenblyum Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Elchi institutda AQSH elchixonasi bilan hamkorlikda 2016 yildan buyon faoliyat olib borayotgan “ACCESS” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Institut bazasida faoliyat yuritayotgan “ACCESS” dasturi 2016-2018 yillarda maktab o‘quvchilari uchun, 2018-2020 yillarda institutning nofilologik ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalari uchun “STEM” dasturi, 2020 yildan 2022 yilgacha umumta’lim maktablarining 8-9-sinf o‘quvchilariga darslar tashkillashtirish orqali amalga oshirilmoqda.

AQSH elchisi institutda “ACCESS” dasturi asosida o‘qiyotgan o‘quvchilar bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi. Dastur doirasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan ikki nafar o‘quvchini Amerika Qo‘shma Shtatlariga bir oylik yozgi oromgohga yuborish borasida taklif bildirdi.

Uchrashuvda institut rektori B.Otemuratov talabalar hamda xohlovchilar uchun xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, xalqaro hamkorlik natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Elchi Deniyel Rozenblyum Orolbӯyiga birinchi tashrifi ekanligi, bu yerda ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi yuqori darajada ekanligiga guvoh bo‘layotganligini ta’kidladi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA