Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denis Istomin yana reytingda pastladi
15:19 / 2019-03-18

Bugun ATPning yangi haftalik reyting o‘rinlari e’lon qilindi.


Bugun ATPning yangi haftalik reyting o‘rinlari e’lon qilindi.

Unga ko‘ra mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftada egallab turgan o‘rnidan bir pog‘onaga pastladi va ayni paytda hamyurtimiz 102-o‘rinni egallab turibdi. Denisdan kuchli yuzlikka qaytishi uchun bugun Mayamida boshlangan nufuzli turnirda muvaffaqiyatli qatnashishi talab etiladi.

Hamyurtlarimizdan Humoyun Sultonov 387-pog‘onada o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, Farrux Do‘stov 530-o‘rindan bir pog‘onaga yuqoriladi.

Dunyoning sobiq birinchi raketkasi bo‘lmish shveysariyalik Rojer Federer ham reytingda pastlashda davom etmoqda. Kecha yakuniga yetgan Indian-Uellsdagi nufuzli turnirning finalida mag‘lub bo‘lgan Federer yangi reytingda 5-o‘ringa tushib ketdi. Endi uning hisobida 4 600 ochko mavjud. Aynan Indian-Uellsdagi turnir g‘olibligini qo‘lga kiritgan avstriyalik Dominik Tim esa avvalgi reytingdagi o‘rnini to‘rt pog‘onaga yaxshilab, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Shuningdek, TOR-10da yaponiyalik Kei Nishikori hamda Gresiya vakili Stefanos sitsipas ham yuqorilashga muvaffaq bo‘ldi. Kunchiqar yurt vakili 7-o‘rindan bir pog‘onaga yuqorilagan bo‘lsa, sitsipas 11-o‘rindan bir pog‘ona yuqoriga sakrab, TOR-10ga joylashdi.

ATR reytingini esa serbiyalik Novak Jokovich boshqarib borishda davom etayapti. Undan keyingi pog‘onalarni ispan tennischisi Rafael Nadal hamda germaniyalik Aleksandr Zverev band etgan.

ATP reytingi. 18 mart kungi holat:

1 (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 10 990

2 (2) Rafael Nadal (Ispaniya) – 8 725

3 (3) Aleksandr Zverev (Germaniya) – 6 630

4 (8) Dominik Tim (Avstriya) – 4 755

5 (4) Rojer Federer (Shveysariya) – 4 600

6 (7) Kei Nishikori (Yaponiya) – 4 235

7 (5) Kevin Anderson (JAR) – 4 115

8 (5) Xuan Martin Del Potro (Argentina) – 3 585

9 (9) Jon Izner (AQSh) – 3 485

10 (11) Stefanos sitsipas (Gresiya) – 3 160

...102 (101) Denis Istomin (O‘zbekiston) – 588