French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denis Istomin va Temur Ismoilov xalqaro turnirda bosh sovringa asosiy da’vogar
14:18 / 2016-11-25

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Denis Istomin va Temur Ismoilov Qozog‘istonda "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup – 2016" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Denis Istomin va Temur Ismoilov Qozog‘istonda "Chellenjer" turkumidagi "Capital Cup – 2016" xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Musobaqaning yakkalik bahslarida ishtirok etayotgan yosh tennischimiz Temur Ismoilov ikkinchi davrada rossiyalik Aleksandr Kudryavsevni, chorak finalda yana bir rus tennischisi Aleksandr Bublikni mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga chiqdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin turkiyalik Jem Ilkelni yengib, chorak finalda serbiyalik Nikola Milojevich bilan kuch sinashdi. Ushbu uchrashuvning birinchi setini tajribali tennischimiz 6:2 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Shundan so‘ng Nikola o‘yinni to‘xtatib, mag‘lubiyatini tan oldi.

Shu tariqa D.Istomin va T.Ismoilov nufuzli musobaqaning yarim finalida o‘zaro bahslashadigan bo‘ldi.

Turnirning juftlik bahslarida ham Denis Istomin rossiyalik Mixail Yelgin bilan birga muvaffaqiyatli qatnashmoqda. Musobaqaning eng kuchli juftligi, deb e’tirof etilayotgan Denis va Mixail chorak finalda yaponiyalik Yuya Kibi va Janubiy Koreya vakili Sun Vu Kvonni 6:4, 6:1, yarim finalda xorvatiyalik Ante Pavich va Xitoy Taypeyi vakili Ti Chennni 6:1, 7:5 hisobida yengdi.

Denis Istomin hamda Mixail Yelgin musobaqaning final bahsida qozog‘istonlik Temur Xabibulin va Aleksandr Nedovesovga qarshi kortga chiqadi.