Hamyurtimiz Denis Istomin Ispaniyada sovrin jamg‘armasi 67 960 yevroni tashkil qiluvchi ATP Segovia Challenger turnirida ishtirok etmoqda. O‘zbekistonlik tennischi ishtirokini saralash bahslaridan boshladi.
24 iyul kuni Istomin saralash bosqichining yarim finalida braziliyalik Uilson Leytega qarshi kortga chiqdi. Ikki soatu 52 daqiqa davom etgan murakkab bahsda Denis raqibini 5/7, 7/5, 7/5 hisobida mag‘lub etdi. Istomin 15 ta, Leyte 1 ta eys o‘ynadi.
Ayni paytda tennischimiz ATP reytingida 449-o‘rinni, Uilson esa 499 o‘rinni egallab turibdi. Bugun Denis asosiy to‘r uchun so‘nggi saralash bahsida germaniyalik Elmar Yeyupovichga qarshi maydonga tushadi.
386-o‘rinni egallab turgan germaniyalik tennischi yarim finalda braziliyalik Tomas Belluchchini 6/7(8), 7/6 (5), 7/6 (5) hisobida mag‘lub etdi.
Denis Istomin va Elmar Yeyupovich uchrashuvi bizning vaqt bilan soat 17:00 da boshlanadi.
Denisga omad va bundan keyin ham yaxshi natijalar tilab qolamiz !
Ma’lumot uchun: “Milliy bank”AK 2020 yildan buyon O‘zbekiston Tennis Federatsiyasining bosh homiysi hisoblanib, ushbu sport turini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelmoqda. O‘zmilliybank homiyligi tufayli tennischilarimiz ishonchli qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘lib, tobora ko‘proq g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda
“O‘zmilliybank” AJ
Matbuot xizmati.