Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Denis final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi
16:40 / 2017-10-12

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2017” turnirining chorak finalida belaruslik Vladimir Ignatik bilan kuch sinashdi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2017” turnirining chorak finalida belaruslik Vladimir Ignatik bilan kuch sinashdi.

Denis o‘zining aniq va kuchli zarbalari orqali V.Ignatikni har ikkala setda 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shuningdek, chorak finalning ikkinchi uchrashuvida ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes chexiyalik Vatslav Shafranek ustidan 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Turnirning yarim final uchrashuvida Denis va Gilermo o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi.